Biz bilan bog'laning!

Biz barcha savollaringizga javob berishga harakat qilamiz.

  • Maishiy texnika va elektronika do'konlari tarmog'i ideada

    “Boshlandi!” aksiyasi qoidalari

     

    1. Umumiy qoidalar

    1.1 “Boshlandi!” aksiyasi (keyingi o'rinlarda – Aksiya) O'zbekiston Respublikasi hududida maishiy texnika va elektronika do'konlari tarmog'i ideada o'tkaziladi. Aksiya tashkilotchisi MChJ “IDEA CONCEPT GROUP” hisoblanadi.

    1.2 Ishtirokchi Aksiya o‘tkaziladigan davrda Qoidalar va Aksiya haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishi mumkin bo‘lgan Aksiya sayti manzili quyidagi havolada joylashgan: https://promo.idea.uz (keyingi o‘rinlarda - Aksiya sayti).

    1.3 Aksiyani o‘tkazish muddati: 2023-yil 01-sentabr soat 00:00 dan 2023-yil 30-noyabr 23:59 gacha (Toshkent sh. vaqti bilan).

     

     

    2. Aksiya Ishtirokchisi

    2.1 Aksiya Ishtirokchisi faqat 18 yoshga toʻlgan bo'lishi va mehnatga layoqatli jismoniy shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan, hamda Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan, shuningdek, mustaqil ravishda va ushbu Qoidalarning barcha shartlarini (bajargan shaxslar hisoblanadi(keyingi o'rinlarda – Ishtirokchi).

    2.2 Aksiyada Tashkilotchining xodimlari, ularning oila a'zolari, shuningdek, Aksiyani tashkil etish va o'tkazishda ishtirok etayotgan boshqa kompaniyalar xodimlari qatnasha olmaydi.

    2.3 Aksiyada qatnashish, shuningdek, ro'yxatdan o'tish paytida (shu jumladan Aksiya Saytida) har qanday ma'lumotlarni va boshqa, shu jumladan shaxsiy bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etish orqali, Ishtirokchi Tashkilotchiga va vakolatli uchinchi shaxslarga Aksiya o‘tkazilishini nazorat qilish, uning shartlarini bajarish, reklama, marketing va axborot xabarlarini yuborish, shuningdek marketing maqsadlarini amalga oshirish uchun ularni to'plash, saqlash, yuborish va qayta ishlashga quyidagi ko'lamda rozilik beradi: joylashgan shahri, to'liq FISh, tasdiqlovchi hujjat ma'lumotlari, telefon raqami, elektron pochta manzili, yashash manzili. Ko’rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan barcha ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik beriladi, lekin quyidagilar bilan cheklanmagan holda: Tashkilotchining vakolatli shaxslari, boshqa vakolatli shaxslar yoki uchinchi shaxslar uchun ma’lumotlarni qabul qilish, yozib olish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, yuborish (shu jumladan amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy yuborish, oʻchirish, yo'q qilish). Rozilik bunday ma'lumotlar Tashkilotchiga taqdim etilgan paytdan boshlab va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu rozilik qaytarib olinmaguncha amal qiladi.

    2.4 Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi Tashkilotchiga foto/video suratga olish, saqlash, foydalanish, uning surati/ishtiroki bilan tegishli foto/video materiallarni Tashkilotchining saytida, Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida, shuningdek, boshqa maqsadlarda, shu jumladan, buxgalteriya va hisobot maqsadlarida, joylashtirishga so‘zsiz va beg’araz rozilik beradi.

     

     

    3. Aksiyada ishtirok etish qoidalari

    3.1 Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagilarni bajarishi kerak:

    3.1.1 Aksiya davrida maishiy texnika va elektronikani (keyingi o‘rinlarda Tovar) idea do‘konlaridan yoki www.idea.uz rasmiy veb-saytidan xarid qilish;

    3.1.2 Agar xaridni amalga oshirgandan so'ng, Ishtirokchining xarid shartnomasida ko'rsatgan telefon raqamiga kuponning identifikatsiya raqami SMS xabari orqali kelmasa, Ishtirokchi Aksiya saytida Sovg'ali o'yinda ishtirok etish uchun quyidagi ma'lumotlarni ko'rsatgan holda ariza topshirishi kerak,:

    a. Tovar xarid qilinganligini tasdiqlovchi hisob-fakturada ko'rsatilgan telefon raqami

    b. Tovar hisob-faktura raqami

    c. xaridorning F.I.SH.

    3.1.3 Sayt hisob-fakturadagi har 1 000 000 (bir million) so‘m uchun noyob identifikatsiya raqamiga ega kupon chiqazadi.

    3.1.4 Ishtirokchi Tovarning firma qadog’ini, xarid shartnomasini va Tovar sotib olinganligini tasdiqlovchi schyot-fakturani Aksiya tugagunga qadar saqlashi, shuningdek tekshirish uchun qadoq va xaridni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etishi shart.

     

                3.2 Aksiyada ishtirok etish uchun ariza faqat Aksiya o’tkazilish Davrida qabul qilinadi, shuningdek, Tovar xaridi qat'iy Aksiya Davrida amalga oshirilgan bo'lishi shart.

     

     

    4. Aksiyani o'tkazish tartibi

    4.1 Maishiy texnika va elektronika do'konlari tarmog'i ideada yoki www.idea.uz saytida schyot-fakturaga ko’ra kamida 1 000 000 (bir million) so'mlik Tovarni xarid qilganda Ishtirokchi Aksiyada qatnashish uchun ariza berish imkoniyatiga ega bo'ladi.

    4.2 Ishtirokchi hisob-fakturadagi har 1 000 000 (bir million) so‘m uchun noyob identifikatsiya raqamiga ega 1 (bitta) kupon oladi.

    4.3 Kuponni qabul qilish orqali Ishtirokchi ushbu Aksiya Qoidalari bilan tanishganligini va ularga to‘liq roziligini tasdiqlaydi.

     

     

    5. Sovg'alar

    5.1 Aksiya sovg‘asiga BYD savdo belgisi ostidagi quyidagi avtomobil kiradi (keyingi o‘rinlarda - Sovg‘a): BYD Song Plus EV elektr krossoveri. Sovg'alarning umumiy soni 3 (uchta) dona.

    5.2 Sovg'alar soni cheklangan. Tashkilotchi Sovg'alar sonini mustaqil ravishda belgilash, shuningdek, uni o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

    5.3 Sovg'aning rangi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin, barcha rasmlar faqat ma'lumot uchun.

    5.4 Aksiyada ishtirok etgan Tovarlar qaytarilgan taqdirda, Sovg'a qaytarilishi kerak. Agar Ishtirokchi Sovg'ani qaytarishdan bosh tortsa, Tashkilotchi tegishli Tovarni qaytarib bermaslikka haqli. Qaytarish va almashtirish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tegishli qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

    5.5 Sovg'ani taqdim etish uni yetkazib berish, sozlash yoki ulanish bo'yicha hech qanday ish/xizmatlarni o'z ichiga olmaydi.

     

    6. Aksiya g‘oliblarini aniqlash tartibi

    6.1 Ushbu Qoidalarga muvofiq, Ishtirokchi, ushbu Qoidalarda keltirilgan barcha shartlarni bajargan holda, Aksiya Tashkilotchisidan Tovar sotib olayotganda Sovg'alar o'yinida qatnashish imkoniyatiga ega.

    6.2  Aksiya tashkilotchisi youtogift.com saytida tasodifiy tanlov (randomayzer) orqali quyidagi oylik sovg'alar jadvaliga muvofiq tanlovni o’tkazadi:

     

    Sovg'a

    O’ynaladigan sovg’alar soni

    Kuponlar rasmiylashtirilgan vaqti

    Oylik o’yin natijalarini aniqlash sanalari

    Elektr krossover BYD Song Plus EV

    1 (bitta)

    01-sentabr 2023-yildan – 30-sentabr 2023-yilgacha

    07-oktyabr 2023 yil
    (Toshkent shahri, KSM Compass, 15:00)

    Elektr krossover BYD Song Plus EV

    1 (bitta)

    01-sentabr 2023-yildan – 31-oktabr 2023-yilgacha

    11-noyabr 2023 yil
    (Toshkent shahri, KSM Compass, 15:00)

    Elektr krossover BYD Song Plus EV

    1 (bitta)

    01-sentabr 2023-yildan – 30-noyabr 2023-yilgacha

    09-dekabr 2023 yil
    Toshkent shahri, KSM Compass, 15:00)

     

    6.3 G'oliblar oylik sovg'alar jadvalida ko'rsatilgan kuponlarni ro'yxatdan o'tkazish davriga ko'ra ro'yxatdan o'tgan kuponlar orasida aniqlanadi.
    6.4 Aksiyaning yakuniy natijalari aksiya veb-saytida 2023-yil 15-dekabrdan kechiktirmay e'lon qilinadi.
    6.5
    Sovg‘alarni berish nuqtasi quyidagi manzilda joylashgan: 100015, Toshkent sh., Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 41/3 (MChJ “IDEA CONCEPT GROUP ofisi.

    6.6 Sovg'ani olish uchun Ishtirokchi:

    a. shaxsan va o'z mablag'i hisobidan ushbu Qoidaning 6.5-bandida ko'rsatilgan Aksiya Tashkilotchisi ofisiga 2023-yil 31-dekabrgacha kelishi kerak;

    b. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini taqdim etishi kerak;

    c. Sovg'ani qabul qilish va topshirish Dalolatnomasini to'ldirishi va imzolashi kerak;

    d. Quyidagilarni taqdim etishi kerak: xarid qilingan Tovarni qutisi bilan, Tovar xarid qilingnligi to'g'risidagi shartnoma, xaridni tasdiqlovchi hisob-faktura.

     

    e. Sovg'a bilan suratga/videoga tushishi kerak.

     

    6.7 Aksiya g'olibi tashkilotchining iltimosiga binoan sotib olingan mahsulotlarni quti bilan taqdim etishi shart.

    6.8 Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish huquqini quyidagi hollarda yo‘qotadi va Sovg‘ani talab qila olmaydi:

    a. Aksiyaning Qoidalarini buzish;

    b. firibgarlikka urinish yoki boshqa noqonuniy harakatlarga oid faktlar aniqlanganda;

    c. Sovg’ani olish uchun Tovarni, qadoqni va Tovar sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni uchinchi shaxslarga topshirilgan taqdirda;

    d. ushbu Qoidalarni buzgan holda ma'lumot/hujjatlarni taqdim etish va/yoki surat/videolarni olishdan bosh tortgan taqdirda.

    6.9 Tashkilotchi hech qanday holatda Sovg'ani naqd pul ekvivalentiga almashtirmaydi va/yoki tegishli Sovg'ani boshqa mahsulot bilan almashtirmaydi.

    6.10 Sovg'ani olish bilan bog'liq bo'lgan soliqlarni Ishtirokchi mustaqil ravishda va o'z hisobidan to'laydi.

    6.11 Aksiya muddati davomida ishtirokchining aybiga ko'ra berilmagan sovg'alar talab qilinmaydigan deb tan olinadi. Talab qilinmaydigan Sovg'alar saqlanmaydi va Tashkilotchi tomonidan o'z xohishiga ko'ra foydalaniladi.

     

    7. Boshqa shartlar

    7.1 Aksiyaning barcha ishtirokchilari, unda qatnashgan holda, Aksiya Qoidalariga rozi bo'ladilar, ularga rioya qilish va bajarish majburiyatini oladilar. Agar Ishtirokchi Sovg'ani olish uchun Aksiya qoidalarini buzgan bo'lsa yoki firibgarlik va/yoki aldash harakatlarini amalga oshirgan bo'lsa, u uni olish huquqini yo'qotadi.

    7.2 Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi ushbu Qoidalarga so'zsiz roziligini bildiradi. Ishtirokchining Qoidalarni to'liq va/yoki qisman bajarishdan bosh tortishi Ishtirokchining Aksiyada qatnashishdan bosh tortishi deb hisoblanadi.

    7.3 Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiya saytida, shuningdek Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tegishli xabarni joylashtirish orqali Ishtirokchini oldindan xabardor qilish bilan ushbu Qoidalarni bir tomonlama tartibda o‘zgartirishga haqli. Xabar berish sanasi tegishli ma'lumot chop etilgan sana yoki shartlar o'zgarganda ko'rsatilgan qo'shimcha sana hisoblanadi. Agar Ishtirokchi ushbu o'zgarishlarga rozi bo'lmasa, ularni qabul qilmaslik orqali Aksiyada ishtirok etishni rad etishga haqli. Ushbu sanadan keyin Ishtirokchining Aksiyada qatnashishi kiritilgan o'zgarishlarni qabul qilganini anglatadi.

    7.4 Aksiya tanlov, lotereya yoki boshqa xavf-xatarga asoslangan qimor o‘yin hisoblanmaydi.

    7.5 Ushbu inertnet-sayt va uning mazmuni faqat ma'lumot olish uchun mo'ljallangan va hech qanday holatda ular ommaviy taklif emas.

     

    8.1 Aksiya Tashkilotchisining telefon raqamlari va rasmiy ijtimoiy sahifalari:

     

    Aksiya sayti: https://promo.idea.uz/

    Facebook: https://www.facebook.com/ideastore.uz/

    Instagram: https://www.instagram.com/ideastore.uz/

    Telegram: https://t.me/ideastore_uz

    Telefon: +998712307799

     

     

     

trophy

Hozirni o’zidayoq ishtirok etishni boshlang!

Onlayn do'konimizda innovatsiyalar sizni kutmoqda. Sotib oling, kuponlarga ega bo'ling va g'alaba qozonish imkoniyatingizni oshiring. Bosing va imkoniyatlar dunyosini oching!

Xarid qilish